ODIL SUDLOV AKADEMIYASI VA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
03.06.2026 / 17:14
10
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda mazkur hamkorlik ikki ta’lim muassasasining ilmiy va pedagogik salohiyatini yanada mustahkamlash, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Boshqa yangiliklar
-
СОТРУДНИЧЕСТВО В СФЕРЕ СУДЕБНОЙ ПСИХОЛОГИИ УКРЕПЛЯЕТСЯ
-
АКАДЕМИЯ ПРАВОСУДИЯ — ВХОДИТ В ТОП-1000 МЕЖДУНАРОДНОГО РЕЙТИНГА UI GREENMETRIC
-
Обсуждены вопросы личностного развития молодого поколения и формирования духа патриотизма
-
Обсуждены перспективы взаимного сотрудничества с послом КНР
-
«Как Ташкентский международный финансовый центр изменит судебную практику?»