MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANMOQDA
26.06.2026 / 20:15
13
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi 2026/2027-o‘quv yili uchun 70420115 – "Sud faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul e’lon qiladi.
🗓 Qabul muddati: 2026-yil 1-iyuldan 30-iyulga qadar (30-iyul kuni ham).
📄 Magistratura dasturi kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tashkil etilib, sud-huquq sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
🎓 Dars mashg‘ulotlari sud tizimida ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan sudyalar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro ekspertlar tomonidan olib boriladi. Bu esa tinglovchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda real sud amaliyotiga asoslangan tajriba va ko‘nikmalarni ham egallash imkonini beradi.
O‘quv jarayonida tinglovchilar sud amaliyotiga oid ish materiallari, protsessual hujjatlar va sud qarorlari bilan ishlash orqali ularni tahlil qilish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradilar.
Odil sudlov akademiyasi magistraturasi zamonaviy bilim va yuksak kasbiy salohiyatga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sud-huquq sohasida ilmiy va amaliy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
📌 Magistraturaga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Boshqa yangiliklar
-
Press-tur doirasidagi muloqot: shaffoflik bosh mezon
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi eksperti Erkinjon Sobirov “Mening Yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdi
-
ЗАВЕРШИЛИСЬ ОЧЕРЕДНЫЕ КУРСЫ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ ДЛЯ СУДЕЙ
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi
-
В АКАДЕМИИ ПРАВОСУДИЯ СОСТОЯЛАСЬ ВСТРЕЧА С КООРДИНАТОРОМ ПРОЕКТОВ ОБСЕ