FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA MUHIM YANGILIK

13.08.2026 / 12:35
10
#

Fuqarolik kodeksining 3-moddasiga muhim qo‘shimcha kiritildi.
2026-yil 13-iyuldagi O‘RQ–1158-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksining 3-moddasi yangi norma bilan to‘ldirildi. Ushbu o‘zgartirish 2026-yil 25-iyuldan kuchga kirdi.

🔹 Nima o‘zgardi?
Endilikda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan hududda fuqarolik-huquqiy munosabatlar Fuqarolik kodeksida belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.

👉 Agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday hududdagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar Fuqarolik kodeksidagi umumiy qoidalardan farq qiluvchi tartibda tartibga solinishi mumkin.

⚖️ Bu nima uchun muhim?
Mazkur o‘zgartirish fuqarolik qonunchiligining amal qilish doirasi, umumiy va maxsus huquqiy rejimlar o‘rtasidagi munosabatni aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Ayniqsa, maxsus huquqiy rejim joriy etilgan hududlarda mulkiy va shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishda ushbu norma muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Qisqacha:
Umumiy qoida - Fuqarolik kodeksi ustuvor.
Istisno - Konstitutsiyaviy Qonun bilan maxsus huquqiy rejim belgilangan holatlar.

🔎 Yangi norma fuqarolik huquqi sohasida faoliyat yurituvchi yuristlar, sudyalar, advokatlar va tadqiqotchilar uchun alohida ahamiyatga ega.

✍🏻Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri v.v.b.,  y.f.f.d (PhD), professor v.b. E. Sabirov

Связаться с нами

  • Адрес:

    г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Чупонота, 6

  • Рабочие дни:

    Пн–Сб 09:00–18:00

  • Индекс:

    100097