2.20 «Onlayn maslahatchi» xizmatining tashkil etilganligi
2. Размещение информации на официальных веб-сайтах
- 2.1 Qayta aloqa tizimining samarali yo‘lga qo‘yilganlik darajasi
- 2.2 Tashkilot faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish darajasi
- 2.3 Ichki idoraviy hujjatlarni eʼlon qilish darajasi
- 2.4 Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinishi
- 2.5 Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinishi
- 2.6 Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinishi
- 2.7 Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinishi
- 2.8 Tashkiliy tuzilma va rahbariyatga oid maʼlumotlar
- 2.9 Bo‘ysunuvdagi tashkilotlar saytlari
- 2.10 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishi
- 2.11 Murojaatlarning umumlashtirilgan natijalarini eʼlon qilib borish darajasi
- 2.12 Boshqa rasmiy veb-saytlar va Hukumat portaliga havolalarning mavjudligi
- 2.13 Matbuot xizmati va veb-sayt uchun masʼul bo‘lgan xodimlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning mavjudligi
- 2.14 Maʼlumotlarni boshqa tillarga sinxronlash funksiyalarining mavjudligi
- 2.15 Rasmiy veb-saytning mobil versiyasi mavjudligi
- 2.16 Jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalarining joriy etilganligi
- 2.17 Veb-saytda maʼlumotlarni qidirishning soddalashtirilgan usullari mavjudligi
- 2.18 Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun veb-saytdan foydalanish qulayligi
- 2.19 Axborotlarning sanasini ko‘rsatish tartibiga rioya qilinishi
- 2.20 «Onlayn maslahatchi» xizmatining tashkil etilganligi
“Onlayn maslahatchi” xizmatining tashkil etilganligi
Akademiya faoliyatiga, shuningdek, rasmiy veb-saytga ma’lumotlarni joylashtirish hamda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid savollar yuzasidan foydalanuvchilar bilan tezkor muloqotni ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytda “Biz bilan aloqa” bo‘limi tashkil etilgan. Mazkur bo‘lim orqali murojaatchilar manzil, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari hamda interaktiv xarita orqali Akademiya bilan bog‘lanish va o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan murojaat qilish imkoniyatiga ega. Kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, murojaatchilarga tezkor javob berilishi ta’minlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi faoliyatiga oid murojaat (ariza, taklif, shikoyat)lar yuzasidan quyidagi elektron manzillarga murojaat qilinishi mumkin.
1. Odil sudlov akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida maxsus Telegram-bot ishga tushirilgan.
Mazkur bot orqali:
— korrupsiya holatlari haqida xabar berish;
— taklif va murojaatlar yuborish;
— qonunbuzilish holatlari yuzasidan ma’lumot taqdim etish mumkin.
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va maxfiylik kafolatlanadi.
Bot havolasi: @odilsudlovak_antikor_bot
2. Fuqarolar, tinglovchilar hamda xodimlar bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash maqsadida Akademiya rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yuborish imkonini beruvchi maxsus Telegram-bot ishga tushirilgan.
Mazkur bot orqali:
— akademiya faoliyatiga oid taklif va mulohazalaringizni;
— ariza va shikoyatlaringizni;
— ta’lim va tadqiqot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rektorga yuborishingiz mumkin.
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tegishli choralar ko‘riladi.
MUROJAAT QILISH: @RektorMurojaat_bot
3. O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi prorektori Nodirbek Salaevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatini beruvchi Telegram bot ishga tushirilgan.
Mazkur bot orqali:
Ilmiy va innovatsion loyihalar bo‘yicha taklif yuborish;
Axborot-tahliliy yo‘nalishda fikr bildirish;
Savol va murojaatlar qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Botga kirish uchun: @prorektorgamurojaat_bot