Akademiyada nufuzli xalqaro o‘quv kursi boshlandi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida uch kunga mo‘ljallangan “Raqamli odil sudlov: xalqaro standartlar, axborot xavfsizligi va inson huquqlari” mavzusidagi xalqaro o‘quv kursi boshlandi.
Prezidentimizning 2025-yil 21-avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, sud tizimi uchun yuqori malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, shuningdek, milliy va xorijiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Bugun boshlangan “Raqamli odil sudlov: xalqaro standartlar, axborot xavfsizligi va inson huquqlari” mavzusidagi mazkur o‘quv kursi Akademiya uchun alohida ahamiyatga ega. Xususan, Akademiya tarixida ilk bor xorijiy davlatlar sud-huquq tizimi vakillarini o‘qitishga qaratilgan bunday formatdagi xalqaro o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur tadbirda Ispaniya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkiyaning tegishli sudyalar tayyorlash muassasalaridan 12 nafar ishtirokchi, shuningdek, O‘zbekistondan 14 nafar sudya ishtirok etmoqda.
Mazkur o‘quv kursi sud tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda inson huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan dolzarb bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
COOPERATION IN THE FIELD OF FORENSIC PSYCHOLOGY IS BEING STRENGTHENED
-
ACADEMY OF JUSTICE — RANKED AMONG THE TOP 1000 IN THE UI GREENMETRIC INTERNATIONAL RANKING
-
Issues of the Personal Development of the Younger Generation and Fostering a Spirit of Patriotism Discussed
-
Prospects for Mutual Cooperation with the Ambassador of the PRC Discussed
-
“How Will the Tashkent International Financial Centre Change Judicial Practice?”