Adolat yo‘lida yangi qadam: O‘zbekistonda Ayol sudyalar assotsiatsiyasi tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan “10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni” hamda O‘zbekiston sud tizimi tarixida ilk bor Ayol sudyalar assotsiatsiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri, shuningdek “Odil sudlovni amalga oshirishda ayol sudyalar o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Mehr-oqibat, sadoqat va ezgulik manbai bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni asrab-avaylash Yangi O‘zbekiston davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Hozirgi paytda sud tizimida 246 nafar ayol sudya odil sudlovni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
2026-yil 27-fevral kuni Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovi bilan mamlakatimizda ilk bor Ayol sudyalar assotsiatsiyasi tashkil etildi va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – sud tizimida ayol sudyalarning o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, bu borada gender tenglikni ta’minlash orqali odil sudlov samaradorligini yanada yuksaltirish hisoblanadi.
“Odil sudlovni amalga oshirishda ayol sudyalar o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada bir qator xorijiy davlatlar, xususan Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjonning Xalqaro ayol sudyalar assotsiatsiyalari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada sud-huquq tizimida ayol sudyalarning o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash, bu borada ilg‘or xorijiy amaliyotni tahlil qilish, tajriba almashish, gender tenglikni ta’minlash hamda odil sudlovni samarali amalga oshirish masalalari milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
Xalqaro ekspertlar faoliyati endi boshlanayotgan O‘zbekiston Ayol sudyalar assotsiatsiyasi adolat va qonun ustuvorligiga sodiq holda jamiyat ishonchiga munosib xizmat qilish, inson qadr-qimmatini himoya qilish hamda sud hokimiyati nufuzini yuksaltirish yo‘lida izchil faoliyat olib borishiga ishonch bildirdi.
Boshqa yangiliklar
-
Meeting with the International Commission of Jurists (ICJ) Delegation Held at the Academy of Justice
-
Mediation in Family Disputes: The Experience of Japan
-
Toshkentda 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
-
International experience in artificial intelligence will be applied in educational and research processes