E'lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kunduzgi va kechki ta'lim shakli bo‘yicha tavsiya etilgan tashqi abituriyentlar ro‘yxati e'lon qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kunduzgi va kechki ta'lim shakli bo‘yicha tavsiya etilgan tashqi abituriyentlar ro‘yxati e'lon qilinmoqda.
Kunduzgi
Kechki
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 27-avgust kuni yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
📕 Kukonboyev Xislatjon MuxtorovichDissertatsiya mavzusi: “Jinoyat ishlari yurituvida protsessual shakl buzilishining oldini olish mexanizmi”🎓 Ixtisoslik: 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.🏛 Muhokama Akademiyaning Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi yig‘ilishida o‘tkaziladi.
📕 Azizov Iqboljon GulyamovichDissertatsiya mavzusi: “Fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlarining ishtirokini takomillashtirish masalalari”🎓 Ixtisoslik: 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya.🏛 Muhokama Akademiyaning Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi yig‘ilishida o‘tkaziladi.
📕 Voxobjonov Dilmurod Dilshodbek o‘g‘liDissertatsiya mavzusi: “Ixtiroga nisbatan huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish muammolari”🎓 Ixtisoslik: 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.🏛 Muhokama Akademiyaning Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi yig‘ilishida o‘tkaziladi.📅 Sana: 27-avgust, soat 15:00📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, 3-qavat.
Batafsil
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektorining 2026-yil 21-avgustdagi buyrug‘iga muvofiq, Akademiyaga mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish uchun ixtisoslik bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.Sana: 2026-yil 24-avgustVaqti: soat 15:00Joyi: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasiTalabgorlardan suhbatga belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.Odil sudlov akademiyasi Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul doirasida sudyalik lavozimlariga talabgorlar o‘rtasida o‘tkazilgan kirish sinovlari bo‘yicha insho natijalari eʼlon qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul doirasida sudyalik lavozimlariga talabgorlar o‘rtasida o‘tkazilgan kirish sinovlari bo‘yicha insho natijalari eʼlon qilinmoqda.
Batafsil
Ichki abituriyentlar uchun 2026-yil 14-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlari matijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga tavsiya etilganlar ro‘yxati e'lon qilinmoqda.
2026/2027 - o‘quv yili uchun magistraturaga tavsiya etilgan ichki abituriyentlar
Batafsil
ESLATMA!
2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan sinov bosqichlari quyidagi manzil va sanalarda bo‘lib o‘tadi:——————🧑🏻💻 Test sinovlari🗓 21-avgust kuni soat 09:00 da O‘zbekiston Milliy universitetida boshlanadi. Ro‘yxatga olish tonggi soat 07:30 da boshlanib, 08:40 da to‘xtatiladi.📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston milliy universiteti sport zali——————📝 Insho🗓 22-avgust kuni soat 08:00 da O‘zbekiston Milliy universitetida boshlanadi. Ro‘yxatga olish tonggi soat 07:00 da boshlanib, 07:40 da to‘xtatiladi.📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston milliy universiteti sport zali❕Eslatma: talabgorlar sinov imtihonlari boshlanishidan kamida bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan yetib kelishlari lozim. Imtihon vaqtida telefon, shpargalka, mikro naushnik va boshqa elektrotexnika vositalarini olib kirish taqiqlanadi.
Batafsil