E'lonlar
Azimov Doniyor Esanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi DSc.27/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning 2026-yil 9-oktabr kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Azimov Doniyor Esanovichning 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha “Jinoyat ishini yuritishda protsessual kelishuv shakllarini qo‘llash muammolari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi majlislar zali.
Batafsil
Tollibayeva Malika Ulmasjon qizining yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Tollibayeva Malika Ulmasjon qizi “12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya” ixtisosligi bo‘yicha “Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda advokatning vakil sifatidagi ishtiroki: nazariy-amaliy jihatlari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi PhD.27/2025.27.12.Y.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 31-oktabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Batafsil
Agzamova Qizlarxon Baxtiyorovnaning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Agzamova Qizlarxon Baxtiyorovnaning “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha “Insofli egallovchi institutini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi PhD.27/2025.27.12.Y.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 31-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Batafsil
Olimova Zarina Baxodirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tayanch doktoranti Olimova Zarina Baxodirovna tomonidan “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha “Sanʼat asarlarining fuqarolik muomalasiga oid xalqaro xususiy huquqiy normalarni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi PhD.27/2025.27.12.Y.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-oktabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Batafsil
Akademiyada nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Sizni “Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.
Konferensiyada iqtisodiy nizolarni muqobil hal etishning zamonaviy usullari, milliy va xalqaro tajriba, shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.Asosiy yo‘nalishlar:🔹 Muzokaralar va mediatsiya;🔹 Hakamlik sudlari va xalqaro tijorat arbitraji;🔹 Kelishuv bitimlari hamda nizolarni sudgacha va suddan tashqari hal etish mexanizmlari;🔹 Raqamli muhitda nizolarni hal etish imkoniyatlari;🔹 Arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish;🔹 Milliy sud amaliyotining dolzarb masalalari va xorijiy tajriba.Konferensiyada olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari o‘z ilmiy qarashlari hamda amaliy takliflari bilan ishtirok etishlari mumkin.🗓 2026-yil 5-oktabr🕝 14:30 — Toshkent vaqti📍 Odil sudlov akademiyasiToshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.💻 Zoom orqali ishtirok etish:Ulanish — 14:15 danIdentifikator — 818 1613 8013Kirish kodi — 376933Ishtirokchi haqidagi ma’lumotlar, ma’ruza mavzusi hamda maqola yoki tezis matnini 2026-yil 30-sentabrgacha sudacademy@exat.uz elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.📚 Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqola va tezislarni to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan.📞 Murojaat uchun: +998 93 773 51 07
Batafsil
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi
24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida yoshlarning shaxsiy va ma’naviy kamoloti, mustaqil fikrlashi, mas’uliyati hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lib o‘tadi.🎙 Muloqotda “Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov ma’ruza qiladi.📅 Vaqti: 24-sentabr, soat 14:30📍 Joyi: Odil sudlov akademiyasi majlislar zali
Batafsil