E'lonlar

...

«Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbek tili me’yorlariga rioya etish: muammo va yechimlar»

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbek tili me’yorlariga rioya etish: muammo va yechimlar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi. 🤩 Tadbir davomida davlat tilining odil sudlovni amalga oshirishdagi ahamiyati, sud hujjatlarini davlat tilida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish, yuridik terminologiyaning bir xil qo‘llanilishi hamda sud amaliyotida til me’yorlariga rioya etish masalalari muhokama qilinadi.📅 Sana: 2026-yil 19-oktabr🕓 Vaqt: soat 16:00📍 Manzil: Odil sudlov akademiyasining plenumlar zaliBarchani davlat tilining nufuzini yuksaltirish, huquqiy aniqlik va til madaniyatini ta’minlashga qaratilgan ushbu ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Batafsil
...

DIQQAT, E’LON! MALAKAVIY IMTIHONLAR UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshirish uchun arizalar qabuli boshlandi:🔹 12.00.07 — Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura.🔹 12.00.08 — Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi.🔹 12.00.09 — Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.📅 Arizalar 2026-yil 1-noyabrga qadar qabul qilinadi.❗️ Muhim: arizaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinishi lozim.📌 Malakaviy imtihonlarda ishtirok etishni istagan talabgorlarni belgilangan muddatda ariza topshirishga taklif etamiz.
Batafsil
...

E’LON! ILMIY MAQOLALAR TANLOVI

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan “So‘z muqaddasligi va huquqiy mas’uliyat: sudya hukmidagi har bir harf qadri” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi. ⏺ Tanlov ishtirokchilari:Odil sudlov akademiyasining Kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.📅 Maqolalarni qabul qilish muddati:2026-yil 16-oktabrga qadar.📝 Maqolalar tili:Maqolalar o‘zbek tilida (lotin yozuvida) qabul qilinadi.📩 Maqolalarni yuborish tartibi:Ilmiy maqolalar elektron shaklda quyidagi Telegram manziliga yuborilishi lozim: @Xudoyberdiyev020📞 Aloqa uchun:Tel.: 55-501-01-89📚 Tanlov natijalari:Tanlov yakunlariga ko‘ra, munosib deb topilgan ilmiy maqolalar to‘plam shaklida nashr etiladi.❗️ Barcha xohlovchilarni tanlovda faol ishtirok etishga hamda belgilangan muddatda mazkur dolzarb mavzu bo‘yicha tayyorlangan ilmiy maqolalarini taqdim etishga taklif qilamiz!
Batafsil
...

Iskenderov Polat Konısbayevichning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Iskenderov Polat Konısbayevich tomonidan “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha “Transport vositalari tomonidan yetkazilgan zararni qoplashning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishi” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi PhD.27/2025.27.12.Yu.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy
Batafsil
...

Diqqat, e’lоn! dissertatsiya ishi kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tayanch doktoranti Bozorov Jasurbek Saydulla oʻgʻlining Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasida yuridik fanlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi. 📕 Dissertatsiya mavzusi: “Shaxsiy hayot daxlsizligining jinoyat-huquqiy jihatlari".🎓Ixtisoslik: 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi.📅 Sana: 9-oktabr, soat 09:00📍 Manzil: Odil sudlov akademiyasi 1-bino, 203-xona
Batafsil
...

Yakubov Bekzod Erkinbayevichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

       O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi DSc.27/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning 2026-yil 9-oktabr kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Yakubov Bekzod Erkinbayevichning 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha “Tezkor-qidiruv faoliyati natijasida to‘plangan dalillarning maqbulligini asoslash muammolari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi majlislar zali.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097