E'lonlar

...

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi avtobus haydovchisi lavozimiga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:✔️ 35–40 yosh oralig‘ida bo‘lishi;✔️ «B», «C» va «D» toifalari bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi;✔️ Avtobus boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;✔️ Hisobida haydovchilikka oid jarima ballari mavjud bo‘lmasligi.✅Nomzodlarni saralash tartibi:Dastlab nomzodlarning hujjatlari va belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar avtobusni boshqarish bo‘yicha amaliy sinovda ishtirok etadilar.🎓 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlardan quyidagi hujjatlarni Odil sudlov akademiyasining sudacademy@umail.uz, info@sudacademy.uz elektron pochta manzillariga yoki Akademiyaga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) taqdim etishlari so‘raladi:➡️ Ariza (talabgor bo‘lgan lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda);➡️ Ma’lumotnoma (obyektivka).🏆 Arizalar 2026-yil 20-noyabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.Murojaat uchun telefon: (55) 501-01-67.
Batafsil
...

Bekniyazova Dinora Bayniyazovnaning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Bekniyazova Dinora Bayniyazovna tomonidan “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha “Vasiyatnoma bo‘yicha vorislikning nazariy va amaliy masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi PhD.27/2025.27.12.Y.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 21-noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy
Batafsil
...

Shukurova Malika Shaxobidinovnaning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Shukurova Malika Shaxobidinovna tomonidan “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha “Xalqaro xususiy huquqda nikohdan ajratishni tartibga solishni takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi PhD.27/2025.27.12.Y.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 21-noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Batafsil
...

Sattarov Omon Ilxamovichning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Sattarov Omon Ilxamovich tomonidan “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq” ixtisosligi bo‘yicha “Bitimni haqiqiy emas deb topish oqibatlari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi PhD.27/2025.27.12.Y.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 31-oktabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Batafsil
...

Xidirov G‘anisher Tojimurodovichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Xidirov G‘anisher Tojimurodovich tomonidan “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan sud nazoratini joriy qilish muammolari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi DSc.27/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 30-oktabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Batafsil
...

Obidov Tolibjon Avazxonovichning yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

      Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Obidov Tolibjon Avazxonovich tomonidan “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi DSc.27/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 30-oktabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097