E'lonlar

...

Diqqat, e’lon!!!

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasida Omonov Zafarjon Raxmonaliyevich tomonidan yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi.📕 Dissertatsiya mavzusi: “Tergov sudyasining huquqiy maqomini takomillashtirish".🎓Ixtisoslik: 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.📅 Sana: 25-sentabr, soat 16:00📍 Manzil: Odil sudlov akademiyasi 1-bino, 203-xona
Batafsil
...

TADBIRKOR AYOLLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

«Tadbirkor ayollar va davlat: ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar» mavzusida brifing o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda «Tadbirkor ayol» xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.Brifingda tadbirkor ayollar va davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada rivojlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, mavjud muammo va takliflarni o‘rganish hamda amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilgan.Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari vakillari, tadbirkor ayollar, soha ekspertlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi.Ochiq muloqot — muammolar yechimi va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!📅 Sana: 18-sentabr🕙 Vaqt: soat 10:00📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi
Batafsil
...

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qilinadi!

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabul qiladi:🔹 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi;🔹 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq;🔹 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya;🔹 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi;🔹 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura;🔹 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi;🔹 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.📌 Talabgorlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.Eslatma: Tanlovda ishtirok etish tartibi hamda topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.
Batafsil
...

Sud tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ilmiy-tadqiqot mavzulari bazasi

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan sud tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun PhD va DSc ilmiy darajalarini olishga doir tavsiya etilgan ilmiy-tadqiqot mavzulari bazasi shakllantirildi. Xotin-qizlar uchun mavzular Umumiy mavzular
Batafsil
...

ODIL SUDLOV AKADEMIYASIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI!

“Vorislik huquqini takomillashtirish masalalari: xorijiy tajriba”Odil sudlov akademiyasi Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi barchani ushbu nufuzli ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi!📌 Konferensiyada muhokama qilinadigan asosiy masalalar:▪️ O‘zbekistonda meros huquqining rivojlanishi va istiqbollari▪️ Merosdan voz kechish huquqini amalga oshirish muddatlari: milliy qonunchilik va xorijiy tajriba▪️ Vorislikka oid nizolarni sudda ko‘rib chiqishning nazariy va amaliy masalalari▪️ Er-xotinning ulushlariga doir meros huquqi▪️ O‘zbekistonda raqamli mulklar merosining huquqiy muammolari💡 Soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va amaliyotchi huquqshunoslarni qizg‘in munozara hamda tajriba almashishga chorlaymiz!📅 Sana: 2026-yil 16-sentabr⏰ Vaqt: 14:15 – 16:00📍 Manzil: Toshkent shahri, Odil sudlov akademiyasi
Batafsil
...

“Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga tavsiya etilganlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga tavsiya etilganlar uchun kunduzgi va kechki ta'lim shakli bo‘yicha dars mashg'ulotlari joriy yilning 7-sentyabr kunidan boshlanadi.Shuningdek, Akademiyada 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi yuzasidan tadbir tashkil etish hamda Akademiya faoliyati bilan tanishtirish rejalashtirilgan.Shu munosabat magistraturaga tavsiya etilgan barcha talabalarni 7-sentabr kuni 10:00 ga Akademiyaga yetib kelishlarini so‘raymiz.
Batafsil

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097