Press-tur doirasidagi muloqot: shaffoflik bosh mezon
Bugun Sudyalar oliy kengashining tashabbusi bilan 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Press-turda Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov ishtirokchilarni qutlab, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan sud islohotlari, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida fikrlarini bildirdi.
Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 50 ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari Sudyalar oliy kengashida bo‘lib, sudyalik lavozimlariga eng munosib nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sudyalarning faoliyatini reyting asosida baholab borish borasidagi raqamlashtirish bilan yaqindan tanishishdi.
Cudyalar oliy kengashining sudyasi, Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil sho‘basi rahbari Xurshid Sodiqov press-tur ishtirokchilariga Kengash faoliyatining ochiqligini, ayniqsa sudyalarni lavozimga tayinlash jarayonidagi shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar Odil sudlov akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ularga sud imitatsiyasi xonasi, sudyalikka nomzodlarni psixologik tayyorlash jarayonlari hamda Axborot-resurs markazining imkoniyatlari namoyish etildi.
Tadbir yakunida Sudyalar oliy kengashi tomonidan e’lon qilingan ijodiy tanlov g‘oliblari, faol jurnalist va blogerlar taqdirlandi. Shuningdek, OAV bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda sud-huquq sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Ijodiy tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:
«Eng yaxshi reportaj» — Mo‘tabar Nurmuhammedova, «Sevimli» telekanali «Zamon» dasturi muxbiri;
«Eng yaxshi teleko‘rsatuv» — Gulayim Ganiyeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti;
«Eng yaxshi radioeshittirish» — Xolbibi Safarova, «Navoiy» radiokanali muharriri;
«Eng yaxshi internet nashri materiali» — Muhammadqodir Sobirov;
«Eng yaxshi bloger materiali» — Nurillo To‘xtasinov, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi va mustaqil jurnalist;
«Eng yaxshi maqola materiali» — Avazbek Xudoyqulov, «Yangi O‘zbekiston» gazetasi bo‘lim mudiri.
Ayniqsa, ijodiy tanlovga ishtirok etgan va «eng yosh ishtirokchi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 9-sinf o‘quvchisi Zulayho Xursanmurodova ishtirokchilarning diqqatini tortdi. Endigina 15 yoshga to‘lgan Zulayho o‘zi mustaqil ravishda mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida radiolavha tayyorlab, tanlovga taqdim etgan.
Ushbu tanlovda ishtirok etish men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Inson huquqlarini ta’minlash sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida radiolavha tayyorlash jarayonida ko‘plab yangi bilimlarga ega bo‘ldim. «Eng yosh ishtirokchi» nominatsiyasi g‘olibi deb topilganim men uchun katta sharaf va mas’uliyatdir. Menga bildirilgan ishonch uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. Bu e’tirof kelgusida yanada faol va ijodkor bo‘lishim uchun katta rag‘bat bo‘ldi, —deydi u.
Boshqa yangiliklar
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi eksperti Erkinjon Sobirov “Mening Yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdi
-
ЗАВЕРШИЛИСЬ ОЧЕРЕДНЫЕ КУРСЫ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ ДЛЯ СУДЕЙ
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi
-
В АКАДЕМИИ ПРАВОСУДИЯ СОСТОЯЛАСЬ ВСТРЕЧА С КООРДИНАТОРОМ ПРОЕКТОВ ОБСЕ
-
Istanbulda xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi o‘tkazildi