O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni

09.06.2026 / 15:34
12
#

• Oliy sud tizimida alohida Komplayens nazorat xizmati tashkil etiladi.

• Sud apparati xodimlarini ishga qabul qilishda ochiq tanlov va meritokratiya tamoyillari joriy etiladi.

• Sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlarida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalaniladi.

• Sud apparati xodimlari uchun manfaatlar to‘qnashuvi va mol-mulkni deklaratsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

• Korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish va rag‘batlantirish mexanizmi joriy etiladi.

• Sud tizimida kadrlar bilan ishlash uchun “vacancy.sud.uz” portali va “SudHR” elektron platformasi ishga tushiriladi.

• Sudlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarishning elektron tizimi yaratiladi.

• Sudyalikka nomzodlarni tayyorlashda shaxsiy-professional va korrupsiyaga qarshi barqarorlik diagnostikasi joriy etiladi.

• Odil sudlov akademiyasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “real keyslar”ga asoslangan o‘quv modullari tashkil etiladi.

• Odil sudlov akademiyasini ISO 37001 korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi xalqaro standarti bo‘yicha auditdan o‘tkazish belgilanmoqda.

• Odil sudlov akademiyasida ichki xavfsizlik nazorati xizmati tashkil etiladi.

• Sudyalar va sud apparati xodimlari har uch yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majburiy malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi.

• Sud ishlarini avtomatik taqsimlash tizimi yanada takomillashtiriladi.


Mazkur Farmon bilan sud tizimida korrupsiyaning oldini olish, kadrlar tanlovini raqamlashtirish, shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi, zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda.