Elektr, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish uchun javobgarlik kuchaytirildi
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi O‘RQ–1121-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqa tarzda buzish:
fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘lishi belgilandi.
Shuningdek, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish:
BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki
15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin.
📊 Amaldagi tartibga ko‘ra, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi.
📌 Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq:
Agar shaxs umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanishni, bunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etsa, u holda:
BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha jarima, yoki
240 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoki
1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.
📅 Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
❗️Eslatib o‘tamiz, amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.
Boshqa yangiliklar
-
В Академии правосудия состоялась научно-практическая конференция
-
В Ташкенте состоялся международный форум по судебно-правовому образованию тюркских государств
-
В ТАШКЕНТЕ СОСТОИТСЯ МЕЖДУНАРОДНЫЙ СУДЕБНО-ПРАВОВОЙ ФОРУМ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ
-
Открытость и эффективная коммуникация в судебной системе: стартовал специальный учебный курс
-
Prezidentimizning yangi Farmoni mamlakatimizda moliyaviy sektorni yangi bosqichga olib chiqadigan hujjat