1 Ноябрь 2025 42

Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif

Buyuk ajdodlar merosi bilan tanishuv

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tinglovchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy sayohat Akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi hamda O‘quv-uslubiy bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Tinglovchilar buyuk sarkarda Amir Temur va Temuriylar sulolasining shonli tarixi, ularning davlat boshqaruvi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif tinglovchilarning tarixga oid bilimlarini mustahkamlash, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech