Legal News

...

Ko‘p kvartirali uy-joy majmualarini qurishda yangi mexanizmlar joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 73-son qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joy majmualarini qurishda yangi tartiblar belgilandi. Qarorga ko‘ra, investitsiya kompaniyalari tomonidan kompleks qurilish hududlaridagi ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining kamida 80 foizi bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimlari tuzilgandan so‘ng loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Kelishuvga erishilmagan holatlarda esa kompensatsiya miqdorini belgilash masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qurilish jarayonlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida yashil hududlarni kengaytirish hamda ekobog‘lar barpo etish vazifalari ham belgilangan. Qarorda raqamlashtirish va shaffoflikni ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilib, “Shaffof qurilish” va “Uy-joy” yagona platformalarining integratsiyasi qurilish jarayonlari ustidan jamoatchilik va davlat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, “Urbanizatsiya laboratoriyasi” (Urban Lab) kabi tuzilmalarni tashkil etish orqali ko‘chmas mulk bozorini ilmiy asosda tahlil qilish hamda narxlarning sun’iy oshirilishining oldini olish ko‘zda tutilgan.
Read More
...

Yashirin og‘riq — oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik

Oilaviy zo‘ravonlik bugungi kunda jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy muammolardan biri bo‘lib, u oila a’zolariga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy tazyiq ko‘rsatish shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ayollar va bolalar oilaviy zo‘ravonlikdan eng ko‘p zarar ko‘ruvchi qatlam hisoblanadi. Zo‘ravonlik oqibatlari nafaqat statistikada, balki oilalarning yemirilishida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59²-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bo‘yicha 2025-yilning 8 oyi davomida 7 ming 624 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llangan. Shuningdek, 2025-yil yanvar–avgust oylarida Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 298 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, ularning 81 nafari ozodlikdan mahrum etilgan. 2025-yilning 8 oyi davomida oilaviy zo‘ravonlik oqibatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga nikohni bekor qilish uchun 47 ta ariza berilgan va ulardan 37 tasi qanoatlantirilgan. Bu esa deyarli har besh holatdan to‘rttasida oila yemirilishiga olib keluvchi omillar mavjudligini anglatadi. 📌 Oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:— oilaviy nizolar;— ijtimoiy-iqtisodiy muammolar;— huquqiy madaniyatning yetarli darajada shakllanmaganligi;— gender stereotiplari. Oilaviy zo‘ravonlik holatlarini kamaytirish maqsadida so‘nggi yillarda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–33-son Farmoni imzolandi. Mazkur farmonda ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish, ularning sonini keskin kamaytirish hamda bunday holatga uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi. Ushbu chora-tadbirlar jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda maishiy zo‘ravonlikning oldini olishga xizmat qiladi.
Read More
...

Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirgan Farmon

Pedofiliya (voyaga yetmagan shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish) uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi haqida Prezident Farmonida belgilab berildi. Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qilish va uyatsiz-buzuqlik harakatlarini sodir etish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etgan taqdirda ularga tegishincha umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi: — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish; — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish; — o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuqlik harakatlarini bir guruh shaxslar tomonidan sodir etganlik uchun og‘irroq javobgarlikni belgilash, shuningdek, tergov va sud amaliyotidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksining 129-moddasi dispozitsiyasiga aniqlik kiritish. Prezident Farmonining mazkur bandi voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yo‘lidagi qat’iy qadamdir. Ularga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan va avval ham sudlangan shaxslarga nisbatan umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilishi adolat tamoyillarini mustahkamlaydi, jazoni muqarrarligini ta’minlaydi hamda bunday jinoyatlarning oldini olishda kuchli to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. E’tiborli jihati shundaki, umrbod qamoq jazosi birinchi marta jinoyat sodir etilganda qo‘llanilmaydi. Agar shaxs ushbu jinoyat uchun muqaddam sudlangan bo‘lib, keyinchalik yana shu turdagi jinoyatni sodir etsa, shundagina unga umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.Farmon 
Read More
...

Elektr, gaz va suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish uchun javobgarlik kuchaytirildi

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi O‘RQ–1121-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra: Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqa tarzda buzish: fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘lishi belgilandi. Shuningdek, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish: BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin. 📊 Amaldagi tartibga ko‘ra, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi. 📌 Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq: Agar shaxs umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanishni, bunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etsa, u holda: BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha jarima, yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoki 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi. 📅 Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. ❗️Eslatib o‘tamiz, amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.
Read More
...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston — 2030" strategiyasining "QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH"

84-maqsad — Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish   ✅Jinoyat ishi yurituvida yarashuv institutidan foydalanish imkoniyatini 20 foizga oshirish  ✅Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalanish darajasini 50 foizga yetkazish  85-maqsad — Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish  ✅Maʼmuriy sudlarda ishlarning kelishtirish choralari orqali hal etilish darajasini 50 foizga oshirish  86-maqsad — Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish  ✅Fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi interaktiv xizmatlar sonini 19 taga yetkazish  88-maqsad — Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish  ✅Fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini 50 foizga yetkazish
Read More
...

By the Law of the Republic of Uzbekistan dated 15 January 2026 No. 1114, amendments and additions were introduced to some legislative acts

According to the introduced amendments, where the fact that a convicted person has read books included in the list of literature approved in the prescribed manner and aimed at forming proper moral and ethical values among inmates during the period of serving a sentence is confirmed, the term of the imposed punishment may be reduced in respect of persons specified in Part Four of Article 73 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan (with the exception of persons sentenced to life imprisonment), namely persons to whom conditional early release does not apply, including persons sentenced to long terms of imprisonment, especially dangerous recidivists, as well as organizers and participants of organized groups or criminal organizations. In such cases, the term of serving the sentence may be reduced by three days for each book read, but not exceeding thirty days within one year. In these circumstances, the reduction of the term of serving the sentence shall be carried out by a judge on the basis of a submission by the administration of the penal enforcement institution or upon an application submitted, in accordance with the procedure established by law, by the convicted person or his or her defence counsel. The determination of the fact that a convicted person has read books during the period of serving the sentence shall be carried out, on the basis of the inmate’s application submitted to the administration of the penal enforcement institution, by a commission consisting of employees of the penal enforcement institution, as well as representatives of the public. For more detailed information
Read More
...

By the Law of the Republic of Uzbekistan dated 15 January 2026 No. 1112, amendments and additions were introduced to the Criminal Enforcement Code of the Republic of Uzbekistan.

According to the introduced amendments, it has been established that a convicted person is entitled, at his or her own personal expense, to one remote video meeting or a telephone conversation lasting fifteen minutes. The Law shall enter into force from the date of its official publication. For more detailed information
Read More

Contact Us

  • Address:

    6 Chuponota Street, Chilanzar District, Tashkent

  • Working Days:

    Mon–Sat 09:00–18:00

  • Postal Code:

    100097